🇺🇿🇸🇬 Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi doirasida Singapur vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-29 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Kanadada boʻlib oʻtayotgan Xalqaro to‘lovga qobiliyatsizlik regulyatorlari assotsiatsiyasi (IAIR) konferensiyasi va Bosh umumiy yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
🤝 Tadbir doirasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Singapurning To‘lovga qobiliyatsizlik va jamoat ishonchli boshqaruvi ofisi (IPTO) rasmiy boshqaruvchisi va rasmiy tugatuvchisi K. Leong bilan uchrashdi.
📌 Uchrashuv davomida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishda Singapur tajribasini o‘rganish, ilg‘or amaliyotlarni milliy tizimga tatbiq etish, sud boshqaruvchilari institutini rivojlantirish hamda mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎓 Shuningdek, Agentlik vakillari va sud boshqaruvchilarining Singapurga o‘quv-amaliy tashrifini tashkil etish, tajriba almashish, ekspertlar ishtirokida maslahatlashuvlar va qo‘shma o‘quv dasturlarini o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv yakunida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va IPTO o‘rtasida bevosita institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash, tajriba almashish hamda qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil etish masalalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.


