Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markaziga direktor tayinlandi
2026-09-28 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Yusupov Behzodjon Farhodovich Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
Behzodjon Yusupov 1980-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi,
1-darajali adliya maslahatchisi.
2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini, 2012-yilda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
➖ 2005–2006-yillarda Toshkent shahar Yunusobod tuman sud ijrochilari bo‘linmasi sud ijrochisi;
➖ 2006–2008-yillarda Adliya vazirligi Sud departamentining Sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi yetakchi inspektori, bo‘lim boshlig‘i v.b.;
➖ 2008–2011-yillarda Adliya vazirligi Sud departamentining Sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi bosh inspektori;
➖ 2012–2014-yillarda Adliya vazirligi Sud departamentining Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i;
➖ 2014–2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatining referenti;
➖ 2017–2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni siyosiy-huquqiy masalalar xizmati fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish masalalari sho‘basi yetakchi inspektori, bosh inspektori;
➖ 2018–2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatlashuv bo‘linmalari bosh inspektori;
➖ 2019–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti bosh inspektori;
➖ 2020–2022-yillarda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi 1-o‘rinbosari;
➖ 2022–2023-yillarda Qarshi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi;
➖ 2023–2024-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bosh maslahatchisi;
➖ 2024–2025-yillarda Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2025-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti direktori o‘rinbosari;
➖ 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ushbu tayinlovga qadar Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Behzodjon Yusupovni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
