Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish — faoliyatni saqlab qolish va ish o‘rinlarini asrashga xizmat qiladi
2026-09-24 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalarni joyiga chiqib o‘rganish orqali ularning faoliyatini qayta tiklash, mavjud mol-mulkdan samarali foydalanish, yangi imkoniyatlarni aniqlash hamda ish o‘rinlarini saqlab qolish va kreditorlar manfaatlarini ta’minlash uchun zarur choralarni belgilash mumkin.
Buxoroda to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi korxonalar holati joyida o‘rganildi
✅ To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi vakillari tomonidan Buxoro viloyatining Kogon, Qorovulbozor, Jondor va Qorako‘l tumanlarida to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 5 ta korxona faoliyati joyida o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi hamda uning cho‘zilish sabablari tahlil qilindi.
📌 Shuningdek, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish imkoniyatlari, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 O‘rganish natijalari asosida korxonalarni sog‘lomlashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.
O‘rganish ishlari davom etmoqda.







