Andijonda to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish jarayonlari o‘rganildi.
2026-09-23 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

✅Adliya vaziri o‘rinbosari, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyevning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida to‘lovga qobiliyatsiz deb e’tirof etilgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Andijon tumanidagi “EMERY PHARMA” MChJ, Xo‘jaobod tumanidagi “GSR BUILDING MATERIALS” MChJ hamda to‘lovga qobiliyatsiz deb topilgan boshqa korxonalarning faoliyati atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxonalarning moliyaviy ahvoli, mavjud qarzdorliklarni kamaytirish va bartaraf etish, ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash, shuningdek, to‘lov qobiliyatini tiklash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mas’ullarga korxonalarni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish, aniqlangan muammolarni hal etish hamda faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifa va tavsiyalar belgilab berildi.
📌 Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni iqtisodiy jihatdan sog‘lomlashtirish, mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish hamda kreditorlarning manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida urg‘u berildi.







