Shahrixonda yangi binoda ish boshlagan adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
2026-09-23 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari

⌛ Adliya vaziri A. Tashkulov Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Shahrixon tumani adliya bo‘limining yangi binosida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
✅ Jarayonda Davlat xizmatlari markazi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda FHDY bo‘limi faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.
Xususan, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
🔖 Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi va sifatini yanada oshirish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
📌 Yangi binoda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.
🔹Jumladan:
➖ infokiosk orqali elektron talon olish;
➖ kutish zalidagi monitorlar orqali navbat va murojaat qilinadigan mutaxassis haqida ma’lumot olish;
➖ bolalar maydonchasi;
➖ ona va bola xonasi;
➖ tibbiy xizmat xonasi;
➖ kafe;
➖ kitob javoni tashkil etilgan.
🏢 Adliya bo‘limining yangi va zamonaviy binoda faoliyat boshlashi, avvalo, aholiga yanada qulay, tezkor va sifatli davlat hamda huquqiy xizmatlar ko‘rsatish uchun muhim sharoit yaratadi.




