Xalqaro hamkorlik kengaymoqda.
2026-09-22 12:55:00 / Vazirlik yangiliklari

⚡️Ayni damda Turkiyaning Antaliya shahrida “The International 21st Forensic Medicine Congress/ Xalqaro 21-sud tibbiyoti kongressi” bo’lib o’tmoqda. Unda Adliya vazirligi, jumladan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Mazkur Kongress 21-27-sentyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan bo'lib, tadbirning birinchi kunida Kongress doirasida plenar sessiyalar bo'lib o'tdi. Shuningdek, Turkiyaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda aloqador tashkilotlari bilan Kongressga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va boshqa nufuzli tashkilotlar vakillari o'rtasida tanishtiruv uchrashuvi bo'lib o'tdi.
✔️ Uchrashuv davomida Adliya vazirligi delegatsiyasi vakillari tomonidan yurtimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma'lumotlar berildi.
✔️ Shuningdek, tadbir davomida bir qator xorijiy tashkilotlar, xorijiy sud ekspertiza muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etildi.
✔️Кongress o'z ishini davom ettirmoqda.









