Bir kun Adliyada — kasbga boshqacha nigoh
2026-09-17 17:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Toshkent davlat yuridik universitetining 100 nafar talabasi Adliya vazirligida o‘tkazilgan “Adliya bilan bir kun” ochiq eshiklar kunida ishtirok etdi.
Talabalar vazirlik faoliyati bilan shunchaki tanishib qolmadi. Ular adliya xodimlari mehnatining mazmuni, ish jarayonlari, hujjatlar tayyorlanishi, huquqiy axborot va kommunikatsiya ishlari qanday tashkil etilishini bevosita ko‘rdi.
⚖️ Kun davomida ular departament va boshqarmalar faoliyati, multimedia markazi ish jarayoni, vazirlik muzeyi hamda adliya tizimida amaliyot o‘tash, ish boshlash va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi.
💬 Ochiq muloqot esa talabalar uchun eng qiziqarli qismlardan biri bo‘ldi. Ular davlat xizmati, kasbiy o‘sish va adliya tizimidagi faoliyat haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Eng muhimi, “Adliya bilan bir kun” talabalarda tizimga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi, ayrimlarida esa kelajak faoliyatini aynan adliya bilan bog‘lash istagini uyg‘otdi.
✨ Ba’zan bir kunlik tanishuv ham kelajak kasbini tanlashga jiddiy turtki bo‘lishi mumkin.






