Adliya vazirligining avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi”
2026-09-09 09:10:00 / Vazirlik yangiliklari

✅ Adliya vazirligi Axborot xizmati 1-toifali ish yurituvchi kotibi Kuchkarova Guzal Ravshanbekovna joriy yilning avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.
➡️Guzal Kuchkarova:
🔵2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litseyini;
🔵2025-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
🔵2023–2024-yy.— Adam Mitskevich universitetining Huquq va boshqaruv fakultetida ERASMUS+ dasturi talabasi bo‘lgan.
➡️Guzal Kuchkarova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2025-yilda boshlab, Adliya vazirligining axborot siyosati va jamoatchilik bilan aloqalarini yanada samarali tashkil etish, vazirlikning rasmiy saytini zarur materiallar bilan ta’minlash, vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholiga dolzarb va ishonchli axborotlarni tezkor yetkazish, shuningdek, vazirlikning ijobiy imijini shakllantirish va mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda
🔖Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.
✅Vazirlik jamoasi Guzal Kuchkarovani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!
