Adliya vazirligining avgust oyi uchun "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi"
2026-09-09 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

✅Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Tursunaliyev Anvarjon Baxodirjon o‘g‘li joriy yilning avgust oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.
🤔Anvarjon Tursunaliyev 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.
Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Andijon viloyati adliya boshqarmasining Nodavlat notijorat tashkilotlari bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
⚫️2020-2021 yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘yicha bosh maslahatchisi;
⚫️2021-yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi;
⚫️2021-2022 yy. Andijon viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i;
⚫️2022- yy. Andijon viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i;
⚫️2022-2026 yy. Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi va bosh maslahatchisi;
🔵2026-yildan buyon Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
➡️Anvarjon Tursunaliyev tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari va NNTlar faoliyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini raqamlashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirish yo‘nalishida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
✔️ “E-ngo.uz” platformasini takomillashtirish doirasida platformaning 7 ta axborot tizimiga integratsiyasi va 7 mingga yaqin NNT ma’lumotlarining inventarizatsiyasi amalga oshirildi. Shuningdek, NNTlarga davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqish;
✔️ Bundan tashqari, NNTlarning xorijdan mablag‘ olishi jarayonlari tahlil qilinib, “E-ngo.uz” platformasini Banklararo to‘lov tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi hamda tegishli texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish;
✔️ Hududiy adliya organlarining NNTlar faoliyati ustidan nazorati ham tahlil qilish, natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlar tayyorlash kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritilmoqda.
🔖Faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarib, sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
✅Vazirlik jamoasi Anvarjon Tursunaliyevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!
