Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga boshliq tayinlandi
2026-09-08 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Raxmatov Mirsaid Azamatovich Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mirsaid Raxmatov 1990-yilda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 3-darajali adliya maslahatchisi. 2013-yilda Samarqand davlat universitetini, 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati:
➖ 2015–2017-yillarda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali inspektori;
➖ 2017-yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi katta maslahatchisi;
➖ 2017–2021-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi yetakchi maslahatchisi;
➖ 2021–2022-yillarda Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2022–2025-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2025–2026-yillarda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i;
➖ 2026-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, M. Raxmatov joriy yilning may oyida Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida Inson resurslari bo‘yicha eng namunali xodim sifatida g‘oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Mirsaid Raxmatovni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
