To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda
2026-08-27 15:50:00 / Vazirlik yangiliklari

27-avgust kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Osiyo taraqqiyot bankining Huquq va siyosatni isloh qilish bo‘yicha bosh yuridik maslahatchisi yordamchisi Kristina Pak bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan:
qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va loyihalarni xorijiy ekspertlar ishtirokida ko‘rib chiqish;
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi xodimlari hamda sud boshqaruvchilarining malakasini oshirish, xorijiy davlatlarda o‘quv dasturlarini tashkil etish;
sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq jarayonlarni qamrab oluvchi Yagona elektron platformani ishga tushirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni xalqaro ilg‘or tajriba asosida davom ettirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.




