Xorazm viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-08-26 14:00:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 152-moddasiga muvofiq Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 25-avgustdagi 11-sonli majlis bayonnomasiga asosan notarius M.Ibragimov (litsenziya L-6642296, 12.11.2025-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 27-avgustdan 15 kun muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.
