Bilim, salohiyat va tashabbus: “Adliya ayoli – 2026” g‘oliblari aniqlandi
2026-08-21 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning bilimi, kasbiy mahorati va yangi g‘oyalari yana bir bor e’tirof etildi.
Adliya vazirligi binosida o‘tkazilgan “Adliya ayoli” tanlovining respublika bosqichida 20 nafar adliya organlari va muassasalari xodimlari o‘zaro bellashdi.
Tanlovning asosiy maqsadi xotin-qizlarning o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.
Ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirish bilan cheklanmay, kundalik hayotdagi muammoli vaziyatlarga huquqiy yechim taklif qildi hamda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarini ilgari surdi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Mahbuba Sayfullaeva (TDYU)
2-o‘rin — Go‘zal Qodirova (Toshkent viloyati)
3-o‘rin — Gulzoda Mamatqulova (Jizzax viloyati)
“Adliya ayoli” — bu shunchaki tanlov emas. Bu tizimdagi bilimli, tashabbuskor va professional xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yana bir imkoniyat.






