Farg‘onada 100 ta yangi brend yaratiladi
2026-08-19 12:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Mahsulot ishlab chiqarishning o‘zi yetarli emas. Uni tanitish, o‘z brendini yaratish va eng muhimi — huquqiy himoya qilish biznesning bozordagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Shu maqsadda Farg‘ona shahridagi Ekoshaharda joylashgan Ekspo markazida “Farg‘onaning 100 ta yangi brendi” seminar-treningi boshlandi.
Adliya vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ochib berdi.
Loyiha tadbirkorlarga nima beradi?
o‘z mahsuloti uchun kuchli va taniladigan brend yaratish;
brend identifikatsiyasi va dizaynini takomillashtirish;
tovar belgisini milliy va xalqaro darajada huquqiy himoya qilish;
yaratilgan logotiplarni mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish;
mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi va tanilishini oshirish imkoniyatini beradi.
Maqsad aniq — Farg‘onada huquqiy himoyalangan, raqobatbardosh va bozorda o‘z o‘rniga ega 100 ta yangi brend yaratish.
Mahalliy mahsulot — kuchli brendga aylanishi, kuchli brend esa katta bozorga chiqishi kerak.




