Sifatli ta’lim — avvalo, munosib sharoitdan boshlanadi
2026-08-18 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Yangi o‘quv yilida o‘quvchi darsga kirganda uni zamonaviy, qulay va sifatli ta’lim olish uchun tayyor muhit kutib olishi kerak.
Shu maqsadda TDYU huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rilib, o‘quv binosida ta’mirlash va sharoitlarni yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Natijada o‘quvchilar uchun:
qulay va munosib ta’lim muhiti yaratiladi;
o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun sharoitlar yaxshilanadi;
yangi o‘quv yilini yangilangan va tayyor binoda boshlash imkoniyati ta’minlanadi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, asosiy e’tiborni ta’mirlashni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratishga qaratdi.
Chunki ta’limdagi har bir yaxshilangan sharoit — yoshlarning bilim olishi, rivojlanishi va kelajagi uchun yaratilgan imkoniyatdir.





