Mustaqil O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo‘li xalqaro anjumanda muhokama qilinmoqda
2026-08-14 10:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Ayni vaqtda poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Anjuman Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tashabbusi bilan Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida tashkil etildi.
Konferensiya nufuzli xalqaro maydonga aylandi. Unda Oliy Majlis palatalari vakillari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan bir qatorda Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Qirg‘iziston parlamentlari a’zolari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ekspert hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida mustaqillik yillarida O‘zbekiston bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari, shuningdek, mamlakatimiz rivojining istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinmoqda.
35 yillik Mustaqillik — ulkan o‘zgarishlar, yangilanish va yangi taraqqiyot marralari sari yo‘l.






