BAAning “Zero Bureaucracy” tashabbusi tajribasi o‘rganilmoqda
2026-08-12 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirligi mas’ullari tegishli idoralar vakillari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarida davlat xizmatlarini takomillashtirish, byurokratik jarayonlarni bartaraf etish va zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.
Xususan, davlat xizmatlari sifatini baholashga qaratilgan Global Star Rating for Services va “Zero Bureaucracy” mezonlari, xizmatlarni tizimlashtirishga qaratilgan Khadamati Service Cards va Service Catalog, shuningdek, foydalanuvchilar fikrini o‘rganish imkonini beruvchi Customer Pulse tizimining ishlash mexanizmlari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat xizmatlarida Agentic AI zamonaviy texnologik yechimlaridan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar doirasida BAAning Energetika va infratuzilma vazirligi, Ajman politsiya xizmati, Federal Authority for Identity, Citizenship, Customs & Port Security, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining Smart Mission va Digital Attestation yechimlari faoliyati bilan tanishilib, aholiga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy yondashuvlar o‘rganildi.
Muloqotlar davomida O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturini amalga oshirish masalalari ham muhokama qilinib, BAA tajribasi asosida fikr almashildi.
O‘rganilayotgan ilg‘or tajribalar davlat xizmatlarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni bekor qilish va fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarni takomillashtirishda qo‘llaniladi.







