Toshkent viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-08-12 10:00:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 152-moddasiga muvofiq Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 3-avgustdagi 22/2026-son yig‘ilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 5-avgustdagi 240-um-son buyrug‘iga asosan,
Zangiota tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Djalilov Umidjon Tursunovichga Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020-yil 20-aprelda berilgan TS 0002 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 8-avgust kunidan 15 (o‘n besh) kun muddatga to‘xtatildi.
