Xorazmda intellektual mulk masalalari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-08-10 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov ishtirokida Xorazm viloyatida fuqarolar va tadbirkorlarning intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida intellektual mulk sohasidagi murojaatlar bevosita tinglanib, ularni hal etish yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy ko‘mak berildi.
Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
9 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirishda amaliy yordam ko‘rsatildi;
7 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
6 ta yozma murojaat joyida qabul qilinib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi;
qabulda 30 ga yaqin fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahat oldi.
Sayyor qabul fuqarolar va tadbirkorlarning intellektual mulk bilan bog‘liq masalalarini bevosita o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda intellektual mulk huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qildi.





