Adliya tizimi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-07-23 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yosh yuristlar o‘z amaliy tajribalariga tayangan holda qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va tashabbuslarini maxsus taqdimotlar orqali taqdim etdi. Shuningdek, "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida kasbiy rivojlanish, tashabbuskorlik va xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishish omillari yuzasidan fikr almashildi.
Ochiq muloqot chog‘ida adliya tizimida yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida tizimda namunali mehnat qilayotgan hamda uchrashuvda faol ishtirok etgan bir guruh yosh mutaxassislar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Bunday uchrashuvlar yosh xodimlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda adliya tizimida ochiq muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









