”Qonunga sadoqat, adolatga xizmat — kelgusi faoliyatning bosh mezoni!” shiori ostidagi TDYU bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi.
2026-07-22 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun “Xalqlar do‘stligi” saroyida Toshkent davlat yuridik universitetining 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbir davlat va jamoat tashkilotlari, sud-huquq tizimi, xalqaro hamkorlar, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar hamda ularning ota-onalarini bir maydonga jamladi.
Marosim davomida universitetning so‘nggi yillardagi yutuqlari alohida e’tirof etildi:
200 dan ortiq talaba akademik mobillik dasturlari orqali xorijning nufuzli universitetlarida tahsil oldi;
50 nafarga yaqin bitiruvchi AQSH va Yevropa oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi;
1490 nafar bitiruvchi diplom olishidan avval ish bilan ta’minlandi;
Universitet xalqaro reytinglarda yuqori natijalarni qayd etib, yuridik ta’lim sifatini yana bir bor namoyon etdi.
Tadbirda bitiruvchilarni tabriklash uchun so‘zga chiqqan adliya vaziri Akbar Tashkulov bitiruvchilarga murojaat qilib, shunday dedi:
“Qonunni bilish huquqshunosni mutaxassis qiladi. Adolatni his qilish esa uni buyuk huquqshunosga aylantiradi.”
Yangi hayot sari qadam qo‘yayotgan barcha bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan muborakbod etamiz! Kelgusi faoliyatingizda qonunga sadoqat, adolatga xizmat va yurt ravnaqi yo‘lida ulkan zafarlar yor bo‘lsin!








