Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-07-21 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari

2026-yil 21-iyul kuni Adliya vaziri birinchi o‘rinbosari M.Istamov hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari ishtirokida videokonferensiya shaklida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Prezidentimizning PF-78-son Farmoni ijrosi doirasida to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi islohotlar va OTB bilan texnik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida Agentlik faoliyatini rivojlantirish, qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda sohani raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, IAIR va INSOL International kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
OTB vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib, hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildilar.



