Iste’dod va imkoniyatlar bir maydonda jam bo‘ldi
2026-07-18 17:20:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida “Maftunkor ranglar jilosi” VIII Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda respublikamizning barcha 14 ta hududidan 28 nafar ishtirokchi qatnashib, shundan 14 nafari tasviriy san’at, yana 14 nafari esa shaxmat yo‘nalishida o‘z iste’dodi va mahoratini namoyon etdi.
Mazkur ko‘rik-tanlov nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda inklyuziv muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, IT ta’lim uyushmasi, “Ona” jamoat fondi hamda Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi ko‘magida tashkil etildi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar shuningdek, barcha ishtirokchilar diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda esdalik sovrinlari bilan taqdirlandi.
Har bir iste’dod e’tirofga, har bir inson esa teng imkoniyatga loyiq.









