Xorazm viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 2 nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-07-20 10:05:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 152-moddasiga muvofiq Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 14-iyuldagi 10-sonli majlis bayonnomasiga asosan,
notarius L.Xadjiyev (litsenziya HZ № 0032, 27.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 15-iyuldan 1 oy muddatga,
notarius I.Raxmanova (litsenziya HZ № 0001, 21.04.2020-yil)ga berilgan litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 15-iyuldan 1 oy muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.
