Qoraqalpog‘iston Respublikasida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-07-06 12:25:00 / Vazirlik e'lonlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 24-iyun kungi 8-son majlis qarori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan,
Ellikqal’a tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Djumanov (L-6642273, 23.10.2025-yil)ning litsenziyasining amal qilishi hamda notarius maqomi 15 (o‘n besh) kun muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.
