Adliya vaziri Akbar Tashkulov Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi
2026-07-01 15:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Jarayonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, onlayn xizmatlar ulushini oshirish, fuqarolarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish hamda elektron platformalarni foydalanuvchilar uchun yanada qulay va sodda shaklda takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy raqamli yechimlarni keng joriy etish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha ma'muriy tartib-taomillarni qisqartirish hamda aholining davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yakunda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda fuqarolar uchun qulay, tezkor va zamonaviy xizmatlarni ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.







