Toshkent shahrida Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumi bo'lib o'tmoqda
2026-06-25 15:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, forumning birinchi kunida "Markaziy Osiyo mamlakatlari farovonligiga fuqarolik jamiyatining hissasi: dalillar, prognozlar va qo'shma tashabbuslar" mavzusida tadbir o'tkazildi.
Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev tadbirda ishtirok etib, sohada amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma'lumot berdi.
Forum 25-26-iyun kunlari fuqarolik jamiyati institutlari, хаlqаrо tashkilotlar, OAV vakillari va еksрегtlаr ishtirokida o'tkaziladi.
Mazkur tadbirlar doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo'shayotgan hissasiga bag'ishlangan tadqiqot natijalari ko'rib chiqilmoqda.
Forum doirasida:
NNTlarning mamlakat rivojiga qo'shayotgan hissasi;
NNT vakillarining salohiyatini mustahkamlash;
Davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligi;
Xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalari muhokama qilinmoqda.


