“Barqarorlik va stress-menejment” mavzusidagi psixologik trening bo‘lib o‘tdi
2026-06-23 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, markaziy apparat xodimlari uchun “Barqarorlik va stress-menejment” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilar:
- stressni aniqlash va samarali boshqarish usullari;
- ish va shaxsiy hayotda emotsional barqarorlikni saqlash;
- qiyin vaziyatlarda xotirjamlikni yo‘qotmaslik;
- psixologik salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.
Treningni tajribali psixolog Umurzakova Maqsuda Abdusalixovna olib borib, ishtirokchilar bilan interaktiv muloqot, amaliy mashqlar va psixologik tavsiyalar asosida samarali mashg‘ulot o‘tkazdi.
Mazkur trening ishtirokchilarning stressga chidamlilik darajasini oshirish, emotsional barqarorlikni mustahkamlash va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qildi.









