“Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi o‘tkaziladi
2026-06-16 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi va ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Saralash bosqichi – 18–19-iyun kunlari hududiy adliya organlari va muassasalarida;
Respublika bosqichi – 25–26-iyun kunlari Adliya vazirligida.
Ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etadi:
“Men haqimda” taqdimoti;
“Tashabbuskorlik va faollik”;
“Huquqiy muammoli holat (kazus)”.
Tanlov g‘oliblari diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov yosh xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, tajriba almashish muhitini mustahkamlash hamda adliya tizimining eng faol yoshlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
