Adliya vaziri A.Tashkulov Kerolin Lemm bilan uchrashdi
2026-06-15 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirligida White & Case xalqaro yuridik firmasi hamkori, AQSH–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqboldagi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Muloqot davomida xalqaro investitsiya arbitraji sohasidagi hamkorlik hamda yuridik xizmatlar bozoridagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar yuridik ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalar va yosh mutaxassislar uchun xalqaro arbitraj va investitsiya huquqi yo‘nalishlarida seminarlar, mahorat darslari hamda stajirovka dasturlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, xalqaro huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda o‘tdi.





