O‘zbekiston delegatsiyasi CALI seminarida ishtirok etdi
2026-06-11 16:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Joriy yilning 10–11-iyun kunlari Tailand Qirolligining Bangkok shahrida Osiyo qonunchilik institutlari kengashi (CALI)ning navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Seminar doirasida Kengashga a’zo davlatlar, jumladan O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Tailandning investitsiya sohasidagi qonunchiligi, investitsiyalarni himoya qilishning huquqiy mexanizmlari hamda mazkur yo‘nalishdagi qonunchilikni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida a’zo davlatlar o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Seminar investitsiya faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, qonunchilikni takomillashtirish va davlatlar o‘rtasidagi professional hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.




