Yashnobod tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-06-10 16:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirkorlarning muammolarini bevosita o‘rganish va ularga huquqiy yechim berish maqsadida Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov tomonidan Yashnobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan yer munosabatlari, ruxsat berish tartiblari, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid masalalar ko‘tarildi.
Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul yakunlariga ko‘ra:
jami 26 nafar tadbirkorlik subyekti qabul qilindi;
3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi;
18 ta murojaat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazish hamda tegishli huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.






