Adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
2026-06-05 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida Yashnobod tumanidagi “Barkamol” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, huquqiy muammolari hamda ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, har bir murojaat yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Jami 30 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
3 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi;
5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi;
18 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Inson manfaatlari — eng oliy qadriyat.







