E'TIROF
2026-06-03 09:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat organlari orasida birinchilardan bo‘lib “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritgan.
Mazkur standart talablari asosida sertifikatlangan tashkilotlarda sifat menejmenti tizimining xalqaro talablarga muvofiqligi har yili baholab boriladi. Shu maqsadda joriy yilning 21–22-may kunlari Adliya vazirligida xalqaro “СERT International” tashkiloti auditorlari tomonidan navbatdagi kuzatuv auditi o‘tkazildi.
Audit davomida vazirlikda sifat menejmenti tizimi talablarining joriy etilishi, ichki jarayonlarning samaradorligi hamda xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar baholanib, xalqaro standarti talablariga to‘liq muvofiqligi tasdiqlandi.
Mazkur natija Adliya vazirligida sifat menejmenti tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgani, boshqaruv jarayonlari xalqaro standartlar asosida tashkil etilgani hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xalqaro darajada e’tirof etilganidan dalolat beradi.
Adliya vazirligi bundan buyon ham faoliyat samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash va xalqaro standartlar talablariga muvofiqlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.
