Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda
2026-05-26 14:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozori faoliyati bilan tanishib, hududdagi savdo jarayonlari, bozor infratuzilmasi hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida savdo faoliyatini tartibga solish, bozorlarni shaffof boshqarish, naqd pul aylanmasini nazorat qilish va yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, savdo operatsiyalarini raqamlashtirish, nazorat-kassa texnikalaridan samarali foydalanish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Mas’ullarga noqonuniy savdo faoliyati, ruxsatsiz savdo nuqtalari hamda hisob-kitobsiz mahsulot realizatsiyasining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.




