Adliya vazirligi va O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2026-05-25 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bitiruvchi yoshlar — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, kadrlar tayyorlash, amaliyot va malaka oshirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Adliya vazirligi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda malakali kadrlarni tayyorlash borasidagi tizimli ishlar davom ettirilmoqda.






