Andijon viloyatida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 2 nafar notarius litsenziyasining amal qilishi muddati vaqtincha to'xtatildi
2026-05-22 16:55:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 152-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 45-bandiga asosan, Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2026-yil 14-maydagi 8-son yig‘ilish qaroriga asosan,
Shahrixon tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Axmadjonov (litsenziya AN-0038, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 15-may kunidan 1 oy muddatga;
Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.Qosimov (litsenziya L-6642217, 03.10.2024-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2026-yil 15-may kunidan 1 oy muddatga to‘xtatilganligi ma’lum qilinadi.
