Respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-05-17 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi shtabning ish rejasiga muvofiq, 2026-yil 16-may kuni Adliya vazirligida respublikada faoliyat yuritayotgan sud boshqaruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Maxmud Istamov, Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlari, shuningdek O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari Assosiasiyasi rahbariyati hamda 150 nafardan ortiq sud boshqaruvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–78-son Farmoni va 2026-yil 6-maydagi “To‘lovga qobiliyatsizlik tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–172–son qarorining mazmun-mohiyati sud boshqaruvchilariga yetkazildi.
Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagimavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha sud boshqaruvchilarining fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi.
Estatib o‘tamiz, yuqoridagi Prezident hujjatlari bilan Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi – To‘lovgaqobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etilgan, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik sohasini isloh qilish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan.









