TASHKILOTLAR VA KORXONALAR DIQQATIGA! O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TENDER E’LON QILADI:
17:06 17.03.2026
Muddat: 05.05.2026
TenderTASHKILOTLAR VA KORXONALAR DIQQATIGA!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TENDER E’LON QILADI:
LOT №480620
Tender mavzusi: Davlat xizmatlarini mustaqil ravishda olish uchun mo‘ljallangan interaktiv kiosklar xarid qilish (600 ta to'plam).
Xaridorning maksimal narxi:
- 27 699 999 600 so‘m QQS bilan birga summa
- 24 732 142 500 so‘m QQSsiz summa
Yetkazib berish muddati: Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 180 kalendar kuni ichida.
Yetkazib berish shartlari: CIP Toshkent (Incoterms 2020).
Buyurtmachi: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda - Mijoz).
Mijozning manzili: 100047 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 5-uy, tel.:+998712071941, info@adliya.uz, www.adliya.uz
Moliyalashtirish Adliya vazirligining budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtmachi Xarid komissiyasining ishchi organi: davlat xaridlari tartib-taonmillarini o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashgan tashkilot – Avalon MChJ.
Xarid komissiyasi ishchi organining aloqa shaxsi: Valentin Nikolaevich Ivanov
tel: +998901689028 manzil: avalon.uz@mail.ru
Ishtirokchi sifatida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar quyidagilarni taqdim etishi shart:
- Xarid komissiyasiga yuborilgan tenderda ishtirok etish uchun ariza.
- Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
- Ishtirokchi qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik jarayonida emasligini yoki mijoz bilan sud yoki arbitraj nizolari jarayonida emasligini va ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lozim darajada bajarilmagan majburiyatlar yo‘qligini tasdiqlovchi kafolat xati.
- Tender ishtirokchisi haqida umumiy ma’lumot.
- Ishtirokchining moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan hisob raqamida tender predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdorida aylanma mablag‘larning mavjudligi (xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda).
- Ishtirokchining budjet oldidagi soliqlar yoki majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (rezidentlar uchun www.my3.soliq.uz onlayn resursdan olinishi va e‘lon qilingan tender muddati davomida amalda bo‘lishi lozim)
- Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha bayonot.
- Texnik taklif (ishlab chiqaruvchining avtorizatsiyasi bilan birga).
- Tender predmetiga o‘xshash uskunalar bo‘yicha ilgari bajarilgan yetkazib berishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yetkazib berish hajmlari va mijozning nomi ko‘rsatilgan holda.
- Ijrochining xodimlari haqida ma’lumot.
- O‘zbekiston Respublikasi hududida sertifikatlangan xizmat ko‘rsatish markazining mavjudligini tasdiqlash.
- Pudratchining texnik jihozlari (moddiy-texnik bazasi) haqida ma’lumot.
Quyidagi shaxslar tenderda ishtirok etishlari mumkin emas:
- Offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan yoki hisob raqamlariga ega bo‘lgan ishtirokchilar (ularning asoschilari).
- Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamagan ishtirokchilar.
- Ta‘sischilari bir xil yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘gan ishtirokchilar.
Tender hujjatlarini www.etender.uzex.uz/lot/480620 maxsus axborot portalidan yuklab olish yoki tender tashkilotchisidan so‘rab olish mumkin.
Takliflarni tashkilotchiga topshirishning oxirgi muddati tender https://etender.uzex.uz/ maxsus axborot portalida e’lon qilinganidan keyin 5 may2026 soat 17:06 gacha.
