Asosiy kontentga o'tish

Tog‘ toshlarini noqonuniy talon-toroj qilgan huquqbuzarlarga chora ko‘rildi

2024-04-04 15:30:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Kitob tuman bo'limi tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.

Reyd davomida "Bashir" MFY Bodomzor qishlog'i hududida bir guruh fuqarolar tomonidan tog' toshlari texnika vositalari yordamida talon-toroj qilinganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning har biriga BHMning 10 baravari — 3 mln 400 ming soʻmdan jarima qoʻllanildi.

757

Oxirgi yangilanish: 2024-04-04 15:31:05

Tog‘ toshlarini noqonuniy talon-toroj qilgan huquqbuzarlarga chora ko‘rildi