“10 savolga 10 javob, muhim 5 qoida” ruknidan
2025-06-12 17:00:00 / Yangiliklar
Javob: Ushbu qaror 2025-yilning 15-may sanasida qabul qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalarida andragogika metodlari asosida ochiq ma’ruzalarni o‘tkazish va ularni internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish choralari qachondan boshlab amalga oshirilishi belgilangan?
Javob: Mazkur qarorga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalarida andragogika metodlari asosida barcha xohlovchilar uchun bepul va ochiq ma’ruzalarni tashkil etish, shuningdek, ularni global Internet tarmog‘iga joylashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar 2025-yil iyul oyidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tashabbus Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ekologiya vazirligi mas’ul ijrochiligida amalga oshiriladi. Ma’ruzalarni o‘tkazish va joylashtirish uchun zarur mablag‘lar oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi. Bu harakat jamiyatda bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va axborotdan erkin foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qaroriga asosan ekologik madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini amalga oshirish mexanizmlari qanday amalga oshiriladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi
PQ-184-son qaroriga ko‘ra, Konsepsiya ijrosi har ikki yilda “yo‘l xaritasi” tasdiqlanishi orqali ta'minlanadi. Oliy Majlis tegishli qonunlarni ishlab chiqadi, Vazirlar Mahkamasi esa “yo‘l xaritalari”ni ijro etib, bu haqda hisobot beradi. Mahalliy hokimiyatlar Konsepsiya bajarilishini nazorat qilib, hisobot taqdim etadi. Jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar amalga oshirishda hamkorlik qilib, jamoatchilik nazoratini olib boradi.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qarorining 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida qanday chora-tadbir amalga oshiriladi?
Javob: Prezidentning 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qarorining “yo‘l xaritasi”ga muvofiq, 2025-yil sentabr oyida oliy ta’lim muassasalarida ekoklublar tashkil etiladi. Bu chora-tadbir mablag‘ talab etmaydi.
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qaroridagi 2030-yilgacha mo‘ljallangan Konsepsiyaga ko‘ra, kasbiy ta’lim tizimida ekologik madaniyatni oshirish uchun qanday asosiy chora-tadbirlar nazarda tutilgan?
Javob: Konsepsiya kasbiy ta’lim tizimida ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida quyidagi asosiy chora-tadbirlarni belgilaydi:
- Ekologik mavzularni fanlarga kiritish.
- Atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalari va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish.
- Har bir kasbiy ta’lim tashkilotida ekologiya xonasini tashkil etish.
- Ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlash va tarqatish.
- Ko‘ngilli o‘quvchilar ishtirokida “Yashil qahramon” loyihasini amalga oshirish.
6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qaroriga ko‘ra, 2030-yilgacha oliy ta’limda ekologik madaniyatni oshirish uchun qanday asosiy chora-tadbirlar rejalashtirilgan?
Javob: Ushbu qarorga ko‘ra, 2030-yilgacha oliy ta’limda ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- Talabalar ishtiroki kuchaytiriladi: Ekologik ko‘ngillilar harakati tashkil etiladi va ekoklublar ochiladi.
- Ta'lim sifati oshiriladi: Ekologiya darsliklari qayta ko‘rib chiqiladi, magistrlik dissertatsiyalari va ilmiy ishlar rag‘batlantiriladi, shuningdek, xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi.
- Tadbirlar va tanlovlar o‘tkaziladi: “Ekologiya bilimdoni” kabi tanlovlar va Butunjahon atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan xalqaro forumlar tashkil etiladi.
- Axborot va targ‘ibot faollashtiriladi: Oliy ta’lim muassasalarining veb-saytlarida “Ekofaol talabalar” bo‘limlari ochiladi, ilmiy nashrlarda ekologik ruknlar paydo bo‘ladi va ochiq ma’ruzalar internetga joylashtiriladi.
- Ilmiy hamkorlik rivojlantiriladi: “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti tuziladi.
- Innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlanadi: Yoshlarning ekologiya yo‘nalishidagi startap loyihalari uchun tanlovlar e’lon qilinadi.
- Xalqaro tajriba joriy etiladi: Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha xalqaro sud jarayonlari modeli (moot court) yo‘lga qo‘yiladi.
7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qaroriga ko‘ra, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini amalga oshirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qanday hisobot berish majburiyatini olganlar?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PQ-184-son qaroriga asosan tasdiqlangan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasining samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari muhim majburiyatni o‘z zimmalariga oladilar. Ular ushbu Konsepsiyaning bajarilishi holati to‘g‘risida har olti oyda bir marotaba tegishli organlarga hisobot taqdim etishlari shart. Xususan, bu hisobotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari tomonidan esa xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar Kengashlariga taqdim etiladi. Ushbu hisobot berish mexanizmi Konsepsiya ijrosining muntazam nazoratini ta’minlash va belgilangan maqsadlarga erishishda mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.
8.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qaroriga koʻra, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish qaratilgan qanday yangi radioloyiha tashkil etilishi koʻzda tutilgan va uning masʼul ijrochilari kimlar?
Javob: Mazkur qarorga asosan, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Ekologik axborot” radioloyihasi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu loyiha 2025-yil iyul oyidan boshlab masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Loyihaning masʼul ijrochilari Ekologiya vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hisoblanadi.
9.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qarorida transport vositalari bilan bogʻliq ekologik qonunbuzarliklarni aniqlash boʻyicha qanday amaliy chora belgilangan?
Javob: Mazkur qarorga asosan, “uzagroin.uz” yagona axborot tizimi bilan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining yagona axborot tizimi Ekologiya vazirligining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinadi. Ushbu amaliy chora 2025-yil oktabr oyida mablagʻ talab etmagan holda amalga oshiriladi. Integratsiyaning maqsadi transport vositasidan foydalangan holda sodir etilgan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq qonun buzilishlarini tezkorlik bilan aniqlashdir.
10.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2025-yildagi PQ-184-son qaroriga koʻra, davlat organlari va tashkilotlarida ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida qanday yangilik joriy etiladi?
Javob: Mazkur qarorga binoan, davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytlarida “Ekofaol xodim” nomli alohida boʻlim ochiladi. Bu boʻlimda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari, shu yoʻnalishdagi namunali xodimlar haqida maʼlumotlar joylashtiriladi va muntazam yangilab boriladi. Ushbu amaliy chora-tadbirlar 2025-yil iyul oyidan boshlab doimiy ravishda, masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
