Tungi hayot oshuftalari — ukkilar fotoqopqonda
2025-05-14 10:00:00 / Yangiliklar

Ukki yapaloqqushlar urug‘iga mansub yirik yirtqich tun qushi bo‘lib, boyo‘g‘lilarning eng katta vakili hisoblanadi. Vazni 2,1 – 3,2 kg, asosan, tog‘da uya quradi. Kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Ayrim hollarda o‘zidan katta hayvonlarga ham tashlanadi. Ko‘proq kechasi harakatlanadi.
Ma'lumot uchun, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida joylashgan.
Ilmiy xodimlar tomonidan biosfera rezervati hududida 38 tur sut emizuvchi, 246 tur qushlar, 29 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchi, 43 tur baliqlar sinfiga mansub hayvonlar uchrashi qayd etilgan. Mazkur turlardan 38 tur hayvon O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga, 18 tur esa Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxatiga kiritilgan noyob hayvonlardir.



