Tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilarga texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori diplomi topshirildi
2025-03-06 17:10:00 / Yangiliklar

Unda Ilmiy kengash a’zolari, institut rahbariyati va xodimlari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchi talabalar, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasiraisi o‘rinbosari, deputat B.Pulatov ishtirok etdi.
Yig‘ilish doirasida institutda 2023-2024-yillarda dissertatsiya ishlarining muvaffaqiyatli himoya qilgan tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, institut xodimlaridan G‘iyos Rustamov, Farxod Yuldashev, Zamira Izbasarova, Jamoliddin Musirmanovga texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori diplomi topshirildi.
Tadbirda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar xususida ham so‘z yuritildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni asrash, iqlim o‘zgarishini yumshatish va boshqa shu kabi ekologik muammolarni hal etish kelajak avlodlar taqdiri uchun ham hayotiy zaruratga aylanib borayotganligi ta’kidlandi.
Bu borada Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari hamda doktorantlar, mustaqil tadqiqotchi talabalar oldida turgan muhim masalalar muhokama qilindi.
