Chiqindilarni boshqarish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
2024-12-18 14:30:00 / Yangiliklar
Maʼlumot uchun, loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 4-yanvardagi 5-son Farmoni 4-bandi ijrosini taʼminlash, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarining toʻlov intizomini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasiga muvofiq “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga chiqindini olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni elektr energiyasi uchun toʻlovlar bilan birga undirish mexanizmlarini joriy qilish nazarda tutilgan.
Xususan, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga isteʼmolchi zimmasiga qonunchilikka muvofiq, chiqindi uchun toʻlovlar toʻlanmaganda elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti qoʻllanishi;
“Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunga tovardan foydalanish shartlarini majburan qabul qildirish taqiqlanishida elektr energiyasining yetkazib berilishida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni undirish tartibi mustasno ekanligi;
“Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonunga esa chiqindini olib chiqib ketish xizmatini koʻrsatuvchi korxonalar elektr taʼminoti korxonalari bilan birgalikda chiqindi olib chiqib ketish xizmatlari uchun oylik toʻlovlardan qarzdorligi boʻlgan abonentlarni SMS orqali xabardor qilib borishi, foydalanilgan elektr energiyasi, shuningdek, chiqindini olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar uchun haqni belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida toʻlanishi, elektr energiyasi toʻlov tizimlari orqali chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi toʻgʻrisida isteʼmolchini xabardor qilinganidan soʻng qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklab qoʻyish boʻyicha meʼyorlar kiritilmoqda.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda aholi tomonidan asossiz sabablarga koʻra toʻlovlarni kechiktirish yoki toʻlamaslik holatlari koʻp, natijada debitor qarzdorlik (615,6 milliard soʻm) yil sayin oshib bormoqda.
Endilikda fuqarolar alohida ogohlantirishdan keyin ham chiqindi boʻyicha qarzdorlikni bartaraf etmasa, chiqindi boʻyicha qarzini toʻlanmaguniga qadar elektr energiya boʻyicha toʻlovni amalga oshira olmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son Farmoniga koʻra, ushbu tizim bosqichma-bosqich quyidagi tartibda joriy etiladi: