400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorij fuqarosi to‘xtatib qolindi
2024-09-16 11:30:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda tegishli organlar bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bekobod shahar "Farhod" chegara postida o‘tkazilgan reyd davomida 1989-yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Yo.B. Tojikistonga 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Toshbaqalar Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Zangiota tumanida joylashgan “Tabiat bag‘rida” pitomnigiga vaqtincha saqlash uchun topshirildi. Shuningdek, holatga huquqiy baho berish va kerakli chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilmoqda.
Ma'lumot uchun, Oʼrta Osiyo choʼl toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan boʼlib, noyob endimek tur hisoblanadi.