Asosiy kontentga o'tish

Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi

2024-08-13 12:50:00 / Yangiliklar

Buxoroda noqonuniy baliq ovlagan fuqarolarga sud tomonidan yakuniy jazo tayinlandi.

Ma'lumot uchun, 2023-yil 16-dekabr kuni "Ogʻitma" koʻlidan 4 nafar fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 12 dona Turkiston mo'ylovdori, 7 dona  tovonbaliq, 17 dona zog'ora hamda 1 dona moybaliqni taqiqlangan usulda, ya'ni toʻr yordamida ovlaganligi aniqlangan. Natijada tabiatga 292 million 162 ming so’m zarar yetkazilgan va hujjatlar sudga taqdim etilgan.

Holat yuzasidan 3 nafar huquqbuzarga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismi bilan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, yana bir huquqbuzarga nisbatan T. R.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 202-moddasi 3-qismining “g", "e", "j” bandlari bilan Jinoyat kodeksning 57-moddasi qo’llanib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

1211

Oxirgi yangilanish: 2024-08-13 12:58:29

Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi