O’rta Osiyo сho’l toshbaqasiga nos chektirgan huquqbuzarlarga jarima belgilandi
2024-07-30 15:00:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida yuqoridagi holat Denov tumani “Yangikuch” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar H.N. va M.N. tomonidan joriy yilning aprel oylari boshlarida sodir etilganligi ma’lum bo’ldi. Ya’ni H. N. ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylash uchun mahallasidagi dashtlikdan toshbaqani ushlab, nos chektirgan.
Holat yuzasidan ikki nafar fuqaroning har biriga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 111-moddasiga asosan BHMning 3 barobari – 1 million 20 ming so’m miqdorida jarima belgilandi.
Ekologiya vazirligi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish qatʼiyan taqiqlanganligini, bu qonunga koʻra keskin javobgarlikka sabab boʻlishini yana bir bor eslatib oʻtadi.