Aholi xonadoniga kirib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi
2024-07-24 14:40:00 / Yangiliklar
Murojaat viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda "Yuqori To'palang" milliy tabiat bog'i xodimlari hamkorligida o‘rganildi. O‘rganish natijasida bo‘ri Denov tumani "Ibn Sino" mahallasida yashovchi fuqaro M.I.ning xonadoniga kirib qolgani, fuqaro aholiga zarar yetkazmasligi uchun bo‘rini uyida saqlagani va viloyat Ekologiya boshqarmasiga murojaat qilgani ma'lum bo‘ldi.
Bo‘rining salomatligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi va "Yuqori To'palang" milliy tabiat bog'i hududiga qo‘yib yuborildi.
Unutmang! Aholi turar joylarida yirtqich hayvonlarga duch kelganingizda vazirlik yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalari ishonch telefon raqamlariga, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmalari, Favqulotda vaziyatlar vazirligiga murojaat qiling!