Narpayda 7 tup daraxt kesgan fuqaro katta miqdorda jarimaga tortildi
2024-07-17 13:05:00 / Yangiliklar
Reyd davomida tumanning "Baxt" MFY hududida fuqaro R. I. tomonidan 7 tup har xil turdagi mevali daraxtlar noqonuniy tarzda kesib tashlangani ma'lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. R. I. bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, ya'ni 8 million 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, fuqaro qilmishi bilan tabiatga 3 million 230 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Huquqbuzar jami 11 million 730 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.
Unutmang! Bugungi kunda respublikamizda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning kesilishiga qarshi moratoriy joriy qilingan. Moratoriy talablarini buzish, daraxtlarni noqonuniy kesish qonunga ko‘ra qat'iy javobgarlikka sabab bo‘ladi.