Ekologiya vazirligi hayvonlarga shafqatsizlik qilish javobgarlikka sabab boʻlishi haqida ogohlantiradi!
2024-07-15 09:55:00 / Yangiliklar
Natijada voqea 2023-yilning oktyabr oyi oxiri - noyabr oyi boshlarida Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani “Obodon” mahallasida “Takatosh” massivida fuqaro Sh.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. Holat natijasida tabiatga 1 milliard 60 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Oʻrganish natijalariga koʻra bir bosh nomaʼlum hayvonning suyaklari topilib, ular qaysi hayvon turiga tegishliligi borasida ilmiy xulosa olish maqsadida tegishli tashkilotlarga joʻnatildi. Xulosa olingach, hujjatlar chora koʻrish maqsadida prokuratura organlariga yuboriladi.
Unutmang!
Ekologiya vazirligi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish qatʼiyan taqiqlanganligini, bu qonunga koʻra keskin javobgarlikka sabab boʻlishini yana bir bor eslatib oʻtadi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 202-moddasiga koʻra, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni nobud qilish eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.